

2006 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 3-turida O'zbekistonning "Paxtakor" klubi Eronning "Fulad" klubini qabul qilgandi. Uchrashuv 12 aprel kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan, uni tomosha qilish uchun 10 ming tomoshabin tashrif buyurgan edi.
"Sherlar" 13-daqiqada Zayniddin Tojievning aniq zarbasi tufayli hisobni ochishadi - 1:0. Birinchi taymning o'zida Server Jeparov ham gol uradi - 2:0. Ikkinchi taymda tomonlar gol ura olishmaydi va "Paxtakor" 3 ochkoni qo'lga kiritadi.
"Paxtakor" - "Fulad" - 2:0 (2:0)
12.04.2006. 3-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 10000 tomoshabin.
Bosh hakam: Al Saidi (BAA)
Gollar:
1:0 - Tojiev Zayniddin, 13
2:0 - Jeparov Server, 37
"Paxtakor": Nesterov Ignatiy; Aliqulov Asror; Kleckov Aleksandr; Kiryan Vladislav; Suyunov Ilhom; Jeparov Server; Tojiev Zayniddin (Ixeruome Uche, 90); Abdullaev Sadriddin (Tojiev Kamoliddin, 87); Inomov Islom (Rahimov Ibrohim, 77); Ponomaryov Vyacheslav; Kapadze Timur.
Zaxiradagilar: Berdimurodov Rahmatullo; Jo'raev Timur; Ismoilov Anzur; Ahmedov Odil; Bayramov Renat.
Ogohlantirishlar: Kapadze Timur, 64; Inomov Islom, 80.


Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. U paytlar maydonga darvoza ortidagi binodan tushib kelinar edi. Sababi kiyim almashtirish xonasi o'sha yerda bo'lardi.

Bu tarkibdan hozir faqat Ignatiy Nesterov va Sadriddin Abdullaev futbol o'ynashmoqda xolos.

Stadionda o'sha paytlarda yog'och o'rindiqlar bo'lardi.

Tepa qator (chapdan o'ngga): Aleksandr Kleckov, Vladislav Kiryan, Zayniddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov.
Pastki qator (chapdan o'ngga): Server Jeparov, Sadriddin Abdullaev, Vyacheslav Ponomaryov, Asror Aliqulov, Islom Inomov.




Chapdan ikkinchi bo'lib turgan Ali Hamad Al Badvaviyni tanidingizmi? Eron - O'zbekiston (0:1) uchrashuvidan keyin Aziz Haydarov quchoqlab olgan hakam shu.

Ponomaryov raqibga bosim uyushtirmoqda.

Zayniddin Tojiev havoda uncha-munchasiga yutqazmasdi

Ponomaryov to'p bilan

Vladislav Kiryan raqibdan qochmoqda


Tojiev ikki raqib qurshovidan bemalol chiqib ketardi

Mana bunday qilib

O'ng qanot himoyachisi Islom Inomov hujumga ham ko'p o'tardi


O'sha payt 20 yosh bo'lgan Sadriddin Abdullaev hozir ham "Paxtakor"da o'ynamoqda



Tojiev birga bir vaziyatga chiqsa deyarli barcha holatda gol urardi

Mana bunday qilib

Gol quvonchi #1

Gol quvonchi #2

U paytlar fan klub yo'q edi, barcha o'zi uchun ishqibozlik qilardi


Orqa planda Samvel Babayan va bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy.



Hujumchidan yarim himoyachiga aylangan Timur Kapadze

Server Jeparov hozirgina saltoni amalga oshirdi. E'tibor qiling hozir futbolchilar chiqib keladigan joy u payt umuman yo'q edi...




Kiryan va Tojiev

Jamoa sardori Server Jeparov

Vyacheslav Ponomaryov



