Artur Gevorkyan hozir qayerda?

G'uzorning "Sho'rtan", Toshkentning "Paxtakor" hamda "Lokomotiv", Qarshining "Nasaf", shuningdek, Navoiyning "Qizilqum" jamoalari sharafini himoya qilgan Artur Gevorkyan o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biri hisoblanadi.

Uning yurtimizdagi so'nggi klubi "Qizilqum" bo'lgandi. Artur Aleksandrovich navoiyliklar tarkibini 2019 yilning fevralida tark etib, Indoneziya chempionati vakili "Persib Bandung" safiga borib qo'shilgan. Mazkur klub tarkibida 1 mavsum o'tkazgan futbolchi 2020 yilning yanvarida Turkmanistonning "Axal" jamoasiga o'tdi va ayni paytda ham akdashayakliklar bilan birga.

Ma'lumot uchun, Artur Gevorkyan O'zbekiston Oliy ligasining 2014 yilgi mavsumida musobaqa to'purarligini qo'lga kiritgandi.


Manba: championat.asia