Arslonmurod Amonov: "Oldimda bir necha jamoalardan takliflar bor edi"

Mirjalol Normatov
18 fev 2019, 22:34
"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Arslonmurod Amonov o'zining transferi haqida gapirdi.

- "Lokomotiv" kuchli jamoa. Klub buni o'tgan mavsumdagi o'yinlari orqali ko'rsata oldi. "Buxoro" bilan shartnomam yakunlanganidan keyin menga ko'plab jamoalar shartnoma taklif qilishdi. Ammo men yangi jamoa borasidagi takliflarni Osiyo Kubogidan keyin o'ylab ko'rishimni aytdim. Yakunda "Lokomotiv"ni tanladim.

Jamoaning tarkibi juda kuchli. Yangilar o'tgan yili jamoadan ketgan futbolchilar bu mavsumda ularning o'rnini to'ldira oladi. "Lokomotiv" esa o'z oldidagi barcha turnirlarda kuchli o'yin ko'rsatishiga ishonaman.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz