Arslanmurot Amanov zarba bergan to'pning tezligi 100 km/soatdan oshdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2019, 17:19
Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Arslanmurat Amanov Yaponiya terma jamoasiga qarshi Osiyo Kubogining 1-tur o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Buxoro" futbolchisi 26-daqiqada to'pni chap qanotda qabul qilib oldi va biroz markazroqqa o'tib, kuchli zarba bilan raqib darvozabonining yaqin yuqori burchagini aniq nishonga oldi.

Golni Telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Amanov zarba bergan to'pning tezligi 113 km/soatga etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/alkasschannel