"Arsenal" va "Chelsi" Kenan uchun raqobatlashadi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025
"Yuventus" va Turkiya milliy terma jamoasi yulduzi Kenan Yildizga Angliya Premer-ligasining ikki klubi "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

"Caught Offside" xabariga ko'ra, har ikki klub vakillari turkiyalik vingerni diqqat bilan kuzatib bormoqda va skautlar uni "Yuventus" o'yinidagi harakatlarini kuzatib borgan.

"Byankoneri" 20 yoshli ko'p qirrali hujumchi uchun 80-100 million evro so'rashi kutilmoqda.

Istedodli futbolchi so'nggi paytlarda ajoyib formada bo'lib, "Yuventus" safida so'nggi 9 o'yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside