"Arsenal" uchun yangi muammo: Arteta futbolchilarining jarohati haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
9 mar 2026
"Apsenal" himoyachisi Rikkardo Kalafori Angliya Kubogining 5-bosqichida "Mansfild Taun"ga qarshi o'yinning boshidayoq maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

"Kanonirlar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi, ammo bu g'alabaga italiyalik futbolchi, shuningdek, Leandro Trossardning jarohati soya soldi.

Kalafori sonining orqa qismida noqulaylik his qildi va final hushtagiga 15 daqiqa qolganida almashtirildi. Bosh murabbiy Mikel Artetaning aytishicha, futbolchi o'yinni davom ettira olmagan, xuddi shu holat Trossardga ham tegishli.

"Ularda kichik muammolar bor edi va ikkisi ham maydonda o'zini noqulay his qilayotgandi. Biz bunday holat bo'lishi mumkinligini bilardik, ayniqsa, o'yin sharoitlarini hisobga olganda, shuning uchun ularni almashtirishga qaror qildik", – deb tushuntirdi Arteta.

Kalaforining holati Italiya terma jamoasini ham tashvishga solmoqda. Jennaro Gattuzo qo'l ostidagi jamoa 26 mart kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining pley-offi yarim finalida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinga tayyorlanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard