"Arsenal" "Real Sosedad"dan Merinoni xarid qilmoqchi

Alisher
28 iyul 2024
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merino faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 28 yoshli ispanga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ilk muzokaralarni o'tkazishdi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachining o'yinini yuqori baholaydi.

Merino o'tgan mavsum 45ta o'yinda 8ta gol va 5ta assist qayd etdi. U Ispaniya terma jamoasi bilan Evro-2024 g'olibiga aylandi. Transfermarkt o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano