"Arsenal" Ezeni "Kristal Pelas"dan 60+7,5 mln funtga sotib oldi

Alisher Ostonov
23 avg 2025
"Arsenal" Eberechi Ezening transferini e'lon qildi.

Sky Sports xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" vinger uchun 60 mln funt olgan, yana 7,5 mln funt bonus sifatida ko'zda tutilgan. Bolaligida "kanonirlar" akademiyasida shug'ullangan futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolandi.

"Arsenal"ning bu yozdagi umumiy xarajatlari 267 mln funtga etdi.

Eze o'tgan mavsum APLda 34 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: arsenal.com