Argentinalik futbolchi "Napoli"ga o'tishi mumkin

"Marsel" hujumchisi Dario Benedetto faoliyatining keyingi qismini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Bu haqida Radio Marte xabar qildi. Takidlanishicha, argentinalik forvardga "Napoli" jiddiy qiziqish bildirgan. Neapol klubi mutasaddilari 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqyapti.

Ma'lumot uchun, Dario Benedetto "Marsel"ga 2019 yilda "Boka Xuniors" tarkibidan kelib qo'shilgandi.


Manba: Radio Marte