Argentinalik futbolchi Funes Mori Masharipovning jamoadoshiga aylandi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2021, 01:52
Saudiya Arabistonining "An Nassr" klubi argentinalik 30 yoshli himoyachi Ramiro Funes Morini xarid qildi.

"Vilyarreal" futbolchisi uchun 2,2 million evro to'landi va u bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.

"Everton" sobiq a'zosi o'tgan mavsumda 20 o'yinda maydonga tushdi. 

Oldinroq "An Nassr" Taliska va Vensan Abubakar bilan shartnoma tuzgan edi. Shuningdek, jamoada hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham to'p tepadi.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, Funes Mori Argentina terma jamoasi bilan 2016 yilgi Amerika Kubogida ikkinchi, 2019 yilda esa uchinchi o'rinni olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcalnassr.com