

"Bu - dunyodagi eng yaxshi ikki futbolchi. O'yin taqdirini tubdan o'zgartirib yuborishga qodir ikki o'yinchi. Biz imkoni boricha to'pga ko'proq egalik qilishga harakat qilamiz. Vini to'pni flangda qabul qiladi, Mbappe esa bo'sh hududlarga tezkor yugurishlar qiladi. Ular haqida sizga yangi narsa aytib bermoqchi emasman. Ammo ularning joriy formasi va mehnati meni juda qoniqtiryapti. Ular jamoaga juda sadoqatli: birinchi bo'lib pressing qiladi, yarim himoyachilar bilan o'zaro harakat qiladi, jonbozlik va birdamlik namoyon etadi… va bu mehnatning mukofoti sifatida gollar kelayotganidan juda xursandman", - deydi Arbeloa.



