Arauxo qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2025
Ronald Arauxo Rojdestvo tatilidan keyin qaytadi.

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Rojdestvo tatilidan so'ng safga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Arauxo psixologik muammolar tufayli tiklanish uchun vaqt so'ragan va Quddusdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni maqsad qilgan edi. Urugvaylik futbolchi so'nggi bor maydonga 25 noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi Chelsiga qarshi o'yinda (0:3) tushgandi.


"Marca" xabariga ko'ra, Arauxo 29 dekabr kuni "Barselona"ning qolgan futbolchilari bilan birga mashg'ulotlarga qaytadi va Rojdestvo tatilidan keyingi ilk uchrashuvda – 3 yanvar kuni "Espanol"ga qarshi o'ynashni rejalashtirmoqda.

Himoyachi bayramni Urugvayda oilasi bilan o'tkazishni rejalashtirgan, bu ham uning tiklanishiga yordam berishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca