APLda oyning eng yaxshilari aniqlandi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2024
Unai Emeri hamda Dominik Solanke APLda dekabr oyining eng yaxshilari bo'ldi.

Unai Emeri qo'l ostida "Aston Villa" o'tgan oyda 4 g'alaba ("Manchester Siti" va "Arsenal" mag'lub qilindi,) 2 durang hamda 1 mag'lubiyat qayd etdi. Oy yakunlariga ko'ra jamoa APL turnir jadvalida 2-o'rinda bo'ldi.

Bunday etirof Emeri faoliyatida ikkinchi marta bo'ldi. Bunga qadar u 2023 yil aprelida ham shunday sovringa ega chiqqandi.

Sovrin uchun Yurgen Klopp, Andoni Iraola va Devid Moyes nomzodlari ham ilgari surilgandi.

Bornmut hujumchisi Dominik Solanke esa faoliyatida ilk marta oyning eng yaxshisiga aylandi. U bu etirof uchun kurashda Trent Aleksander-Arnold, Mateus Kunya, Muhammad Kudus, Maykl Olise, Koul Palmer, Markos Senesi va Son Xen Min kabi futbolchilardan oldinda bo'ldi.

O'tgan oyda Dominik APLning 6 o'yinida 6ta gol urdi. Jamoasi esa 4 g'alaba va 1tadan durang, mag'lubiyat qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com