APL tarixidagi eng yaxshi darvozabon kim? Jeymi Karrager o'zining kuchli o'nligini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2026, 20:53
"Liverpul" afsonasi va taniqli ekspert Jeymi Karrager Angliya Premer-ligasi tarixida porlagan eng kuchli darvozabonlar reytingini tuzib chiqdi.

Karragerning tanlovi ko'pchilik muxlislar o'rtasida bahs-munozaralarga sabab bo'lishi mumkin.

Chex - birinchi, Shmeyxel - ikkinchi:

Karragerning fikricha, APL tarixidagi eng buyuk posbon bu - Petr Chex. "Chelsi" va "Arsenal" sobiq darvozaboni "Manchester Yunayted" afsonasi Peter Shmeyxelni ortda qoldirib, birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni esa "Liverpul"ning amaldagi posboni Alisson yakunlab berdi.

Reytingning to'liq ko'rinishi quyidagicha:

Petr Chex

Peter Shmeyxel

Alisson

David De Xea

Tibo Kurtua

Edvin van der Sar

Ederson

Nevill Sautoll

Devid Simen

Xose Reyna


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/SkySportsPL