APL. Gvardiola, Klopp, Konte, Arteta. Oy murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2022
APLda dekabr oyining eng yaxshilarini aniqlash uchun so'rovnomalar o'tkazilmoqda.

Avvalroq oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlarni e'lon qilgan edik.

FOTO  APL. Son, Sterling, Maunt, Edegor... Oy futbolchisi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Oyning eng yaxshi murabbiyi nominaciyasida 4 nafar mutaxassis keltirilgan.

Ovoz berish jarayonida muxlislar va APL ekspertlar guruhi qatnashadi.

APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar:

1. Mikel Arteta ("Arsenal") - 6 o'yin, 4 g'alaba, 2 mag'lubiyat, to'plar farqi: +11

2. Antonio Konte ("Tottenxem") - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, to'plar farqi: +8

3. Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 7 o'yin, 7 g'alaba, to'plar farqi: +19

4. Yurgen Klopp ("Liverpul") - 6 o'yin, 4 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar farqi: +6


Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL

Sizningcha, qaysi mutaxassis APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: premierleague.com