Anvar Berdiev: "Maqsadimiz - Superligaga chiqish"

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2024
PRO-Liganing 27-turi doirasida "Sho'rtan" – "Olimpik MobiUz" uchrashuvi bo'lib o'tdi.




O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Anvar Berdiev tassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Juda qiyin kechgan bahsda g'alabani qo'lga kiritdik. Raqibimiz yosh jamoa bo'lishiga qaramay, juda yaxshi shakllangan. Yoshlar termasining asosi ushbu jamoa. Yana bir bor takrorlayman, PRO-Ligada oson o'yinlar yo'q. Oldimizga qo'ygan vazifani bajara oldik. Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Muxlislarga alohida rahmat" - deya fikr bildirdi Anvar Berdiev.

- Jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erisha oldimi?
- Jamoamiz potenciali yuqori deya olaman. Biz ko'p o'yinlarda ochko yo'qotdik, xolos. Hali hammasi oldinda. Oxirigacha kurashishimiz zarur. Endigina bitta vazifani bajardik. Maqsadimiz Superligaga chiqish.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia