

O'yin haqida
"Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun mezbonlar ikkinchi raqam ostida o'ynab, aldamchi uslubda harakat qilishini taxmin qilgandik. Tayyorgarligimiz ham shunga mos bo'lgandi. Biroq, maydonda tayyorgarlikka mos o'yin ko'rsatib bera olmadik.
- "Sho'rtan"da moliyaviy holat qanday? Jamoaga Superliga vazifasi qo'yilganmi?
- Jamoamizdagi moliyaviy holat bo'yicha gap-so'z bo'lishi mumkinmas, barchasi yaxshi. Oldimizga rahbariyat tomonidan Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Ushbu vazifani bajarishga harakat qilamiz, hali oldinda o'yinlar etarlicha bor.
- "Sho'rtan" bugun o'z o'yinini ko'rsata olmasligiga nima xalaqit berdi?
- Nima xalaqit berardi, raqib jamoada. "Xorazm" xalaqit berdi.
- "Xorazm" va "Sho'rtan"ning o'yin uslubida o'tgan mavsumdagidan qanday o'zgarishlarni ko'rdingiz?
- Boshqa jamoa haqida gapirish niyatim yo'q. "Sho'rtan"da hujumkorlikka ko'proq e'tibor qaratayapmiz. Futbolchi maydonga tushganida hakam o'yinni tugatguniga qadar borini berib o'ynashi kerak. Bugun bizning futbolchilar o'z darajalariga mos o'yin ko'rsatib bera olishmadi.




