Antonining "Betis"ga transferi barbod bo'ldi

Khoja
30 avg 2025
Ispaniyaning "Betis" klubi "Manchester Yunayted" vingeri Antoni transferi bo'yicha taklifini qaytarib oldi va muzokaralardan voz kechdi.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida seviliyaliklarning rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Antonining tibbiy ko'rikdan o'tishi belgilanmagan, ingliz klubi tomonidan oshirilgan shartlar tufayli transfer amalga oshmaydi.

"Antoni bo'yicha hech qanday kelishuv yo'q va biz taklifni qaytarib oldik. Biz "Manchester Yunayted"ning talablarini bajara olmaymiz", - deyiladi xabarda.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano