Antoni Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan suratga tushdi

Оқил Абдубарноев
11 sen 2022
"Manchester Yunayted"ning yangi a'zosi Antoni joriy hafta klub akademiyasiga tashrif buyurdi va Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan suratga tushdi.

22 yoshli vinger o'tgan hafta "Ayaks"dan 85,5 million funt evaziga "qizil iblislar" safiga qo'shildi.

Futbolchi "Arsenal"ga qarshi debyutidayoq (3:1) gol urib, muxlislar orasida iliq taassurot qoldirdi.

Antoni ushbu hafta boshida klubning Karringtondagi mashg'ulot maydoniga tashrif buyurib, jamoa akademiyasidagi yoshlarning mashg'ulotini tomosha qildi hamda Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan uchrashdi va undan tashqari yana ikki yigitcha bilan birgalikda suratga tushdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun