

"Shartnoma uzaytirilmasligi mumkinmidi? Albatta yo'q. "Barselona"da kim Messining o'rnini bosa oladi? Luvrda "Mona Liza"ni almashtirib qo'yish mumkinmi?" - deydi Anri.
Lionel Messining avvalgi shartnomasi 2018 yilning yozida yakunlanishi kerak edi, ammo kataloniyaliklar yangi bitim borasida kelishib olishdi. Yangi shartnoma 2021 yilning yozigacha belgilanadi.



