Anri: "Gvardiola - tarixdagi eng yaxshi murabbiy"

Iskandarov Abdulaziz
7 iyul 2025
Fransiya futbolining afsonasi Terri Anri tarixdagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi.

"Arsen Venger aqlimni ochgan bo'lsa, Xosep Gvardiola ko'zimni ochdi. "Barselona"da o'ynaganimda, biz nima qilishni aniq bilardik. Har bir mayda detalgacha - hammasi uning nazoratida edi. O'ylaysanki, bu uzoqqa cho'zilmaydi. Lekin u buni qayta-qayta amalga oshirmoqda. Agar Pep haqida bir gap aytishim kerak bo'lsa, u - tarixdagi eng yaxshi murabbiy",- deydi Anri. 

Eslatib o'tamiz, Gvardiola hozirda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini boshqarmoqda. U faoliyati davomida uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan - ikkita sovrinni “Barselona” bilan, bittasini esa “Manchester Siti” bilan qo'lga kiritgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Give me Sport