Andranik Teymurian "Istiqlol"ga qaytdi FOTO

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 12:35
Eron terma jamoasi sardori Andranik Teymurian yana sobiq klubiga qaytdi.

Futbolchi faoliyati davomida ikki marta (2011-2012 va 2013-2015 yillar) Tehron klubida o'ynagan.

Teymurian terma jamoa safida 101ta o'yinda maydonga tushib 9ta gol urishga erishgan. Teymurian faoliyati davomida Angliyaning "Bolton", "Fulxem", "Barnsli" kabi mashhur klublari sharafini himoya qilgan. 

Ma'lumot uchun, "Istiqlol" yaqinda o'zbekistonlik yarim himoyachi Server Jeparovni ham o'z safiga qo'shib olgan edi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia