"Andijon" quyi liga vakili bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2020, 13:35
Superliga restartiga Yangier shahrida tayyorgarlik ko'rayotgan Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi kecha birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvda Viktor Balyutovich quyidagi tarkibni sinab ko'rdi:

Birinchi bo'limdagi tarkib: Aslonbek Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnudbek Avilov, Azamat Isroilov, Jahongir Abdumo'minov, Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov, Muhammad Yuldashev, Jamshid Hasanov, Artyom Litvyakov.

Ikkinchi bo'limdagi tarkib: Islombek Abdullaev, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Qahramon Bahodirov, Timur Usmanov, Siroj Meliev.

Nazorat uchrashuvida vakillarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov va Baxtiyor Qosimovlar mualliflik qilishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати