

- Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi maydonga chiqqan burgutlar ortga g'alaba bilan qaytdi (2:1). Shu tariqa "burgutlar" 16 yildan so'ng "temiryo'lchilar"ni mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqdi. Jamoa bu ishni so'nggi marotaba 2007 yil bajargandi. O'shanda Doniyor Hamidullaevning yagona goli g'alabaga sababchi bo'lgan.

- Umuman "Andijon" bu yil har turda kamida 1 ta ananalarini yangilamoqda, tarixiy natija qayd etmoqda. Deylik jamoa 2-turda o'z maydonida "Bunyodkor"ni enggandi. Bu ularning "qaldirg'ochlar" ustidan qo'lga kiritgan birinchi g'alabasi edi. O'sha kuni Aleksandr Xomyakov shogirdlari tarixda ilk bor "Bunyodkor"ga 3 tadan ko'p gol urdi.
- Andijonliklar 3-turda Toshkentda "Surxon" mehmoni bo'ldi. Bu oqshomda jamoa raqibi darvozasiga 3 ta gol urdi. Mazkur xodisa so'nggi martta 2001 yilgi mavsumda ro'y bergan edi. Aniqroq qilib aytganda "burgutlar" 23 yildan so'ng safarda termizliklar darvozasiga 2 tadan oshiq to'p kiritdi.

- Avvalgi turda klub uyda "Nasaf"ni qabul qildi va durang o'ynadi. Shu tariqa mezbonlar 2020 yildan buyon uyda "ajdarlar"ga mag'lub bo'lmayapti.



