

Ertangi o'yin oldidan ikkala klub vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi va kerakli maslahat hamda tavsiyalar berildi. Shunday qilib, o'yinda "Andijon" qizil, raqib jamoa esa sariq formada maydonga tushadi.




Eslatib o'tamiz, "Andijon"ning "Bahrayn" jamoasiga qarshi o'yini 22 oktyabr kuni 18:45 da boshlanadi.



