Anchelotti: "Vini - kamtar, quvnoq va haqiqiy iqtidor"

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassis Vini bilan bir necha yildan beri ishlab keladi, chunki avval "Real"ni ham boshqargan.

"Vinisius Juniorda barcha braziliyaliklarning xususiyati bor. Braziliyalik - baxtli, juda kamtar odam. Braziliya termasida birorta ham manman odam yo'q - men taniydigan barcha braziliyaliklar orasida ham shunday. Vini - kamtar, quvnoq va haqiqiy iqtidor", – dedi Anchelotti.

Braziliya terma jamoasi yozda Jahon chempionatida ishtirok etadi. "Selesao" mundial guruh bosqichida Shotlandiya, Marokash va Gaiti bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com