Alonsoning taqdiri qaysi o'yinga bog'liqligi ma'lum qilindi

Khoja
18 dek 2025
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqin orada ishdan olinmaydi. Kecha jamoa Ispaniya Kubogida "Talavera"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi va hafta boshida ular La Ligada "Alaves"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

"Cadena SER" xabariga ko'ra, klub rahbariyati endi Alonsoga biroz ko'proq vaqt berish niyatida - u hech bo'lmaganda 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida bo'lib o'tadigan "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yingacha ishdan bo'shatilmasligi mumkin. Takidlanishicha, murabbiyning kelajagi ko'p jihatdan derbi natijasiga bog'liq bo'ladi. 

Biroq, Alonsoning "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yindan oldin ham ishdan olinishi mumkin: buning uchun madridliklar "Sevilya" (20 dekabr) yoki "Betis"ga (4 yanvar) qarshi o'yinlarda to'liq muvaffaqiyatsizlikka uchrashlari lozim bo'ladi.


KhojaMuallif
Manba: Cadena Ser