Alonso Kilian Mbappe jarohat olganini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
6 okt 2025
"Real"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionati doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi bahsda to'pig'idan jarohat olgan.

Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso ma'lum qildi, deya mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Shanba oqshomida "Real" o'z maydonida "Vilyarreal"ni (3:1) mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv yakunlanishiga oz qolganida Mbappe uchinchi golga mualliflik qildi va oradan bir necha daqiqa o'tib, zaxiraga olindi.

"Kilianda to'pig'i bilan muammo mavjud", - dedi Alonso. - U Fransiya terma jamoasi yig'iniga bormaydi, deya olmayman. Hozir u og'riq his qilmoqda. U ushbu masalani terma jamoadagilar bilan ham muhokama qilib olishi zarur".

"Marca" nashri takidlashicha Mbappe o'ng oyog'i to'pig'idan jarohat olgan, shunga qaramay, u Fransiyaning JCH-2026 saralashidagi uchrashuvlariga yo'l olishi mumkin. Fransiyaliklar o'z uyida Ozarbayjonga qarshi (10 oktyabr) va safarda Islandiyaga qarshi (13 oktyabr) maydonga tushadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN