Rasman: Allohyor Sayyodmanesh Arveladze murabbiyligidagi jamoaga o'tdi
Eldor Akmurzayev
1 fev 2022, 08:20
“Fenerbahche” forvardi Allohyor Sayyodmanesh faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi.
“Xall Siti” futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Eronlik 20 yoshli hujumchi 2019 yildan beri turk klub sharafini himoya qilib kelayotgandi. U shu vaqt oralig'ida “Istanbulspor” hamda “Zarya” (Lugansk) jamoalarida ijara asosida o'ynadi.