Alen Xalilovichning yangi jamoasi ma'lum

Alisher
3 sen 2019
"Milan" yarim himoyachisi Alen Xalilovich faoliyatini "Xerenven"da davom ettiradi.

Gollandiya klubi 23 yoshli xavbekni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.

Xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Standart"da o'tkazgan edi.

U Belgiya chempionati doirasida 13ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Xalilovich faoliyati davomida "Milan" va "Standart"dan tashqari "Dinamo" (Zagreb), "Barselona", "Sporting" (Xixon), "Gamburg" va "Las-Palmas klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: sc-heerenveen.nl