Aleks Telles jarohati sabab MYUga mavsum boshida yordam bera olmaydi

Alisher
28 iyul 2021, 10:12
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles to'pig'idagi jarohat sabab mavsum boshini o'tkazib yuboradi.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 28 yoshli braziliyalik futbolchining avgustda o'ynay olmasligini kutmoqda.

Telles o'tgan hafta jarohat olgandi va futbolchining bir necha hafta lazaretda bo'lishi taxmin qilingandi. Ammo, Sulsherning so'zlariga ko'ra, Telles sentyabrga qadar safdan chiqdi.

Shunday ekan Telles APL doirasidagi "Lids", "Sautgempton" va "Vulverxempton"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.


AlisherMuallif
Manba: manutd.com