Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" mehmonda "Alanyaspor"ni mag'lub etdi, Shomurodov g'alaba golini urdi

Alisher Ostonov
21 fev 2026
Turkiya Superligasi 23-tur doirasidagi "Alanyaspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov 70-daqiqada va yarim himoyachi Abbos Fayzullaev 71-daqiqada zaxiraga olindi. Qayd etish kerakki, Shomurodov jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi. Hamyurtimiz 44-daqiqada penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qildi. 11 metrlik jarima zarbasini esa Fayzullaev ishlab berdi.

"Istanbul Bashakshexir" Turkiya Superligasida 23 o'yindan so'ng 36 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Undan oldingi o'rinda joylashgan "Beshiktosh"da ochkolar soni 40 taga teng (22 ta o'yin).


21 fev 2026, 18:00
Alanyaspor — İstanbul Başakşehir
1 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia