Alaba yana jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025
Madridning "Real" jamoasi himoyachisi David Alaba La Liga doirasidagi "Xetafe"ga qarshi o'yinda (1:0) boldir mushagini cho'zib oldi, deb xabar berdi "Carrusel Deportivo".

Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli avstriyalik futbolchi klub qarorgohija tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

Avvalroq Alabaning meniski yirtilgan va uzoqlashtiruvchi mushagi uzilgan edi.

Tajribali futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Carrusel Deportivo