BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda mag'lub bo'ldi, G'aniev to'liq o'ynadi

Alisher Ostonov
22 fev 2026
BAA Pro ligasi 17-tur doirasidagi "Al Vasl" - "Al Bataeh" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.

Nikolas Ximenesning 34-daqiqadagi goli "Al Vasl"ga uch ochko taqdim etdi. Bahsning so'nggi qismida har ikkala jamoaning bir nafardan o'yinchisi maydondan chetlatildi: Ali Solih (74-daqiqa) va Alvaro de Oliveyra (84-daqiqa).

"Al Vasl" BAA chempionatida 16 o'yindan so'ng 29 ochko bilan to'rtinchi, "Al Bataeh" esa 17 o'yindan so'ng 13 ochko bilan o'n ikkinchi o'rinda bormoqda.


21 fev 2026, 22:30
Al Wasl — Al Bataeh
1 – 0
Tugadi



21 fev 2026, 22:30
Kalba — Dibba Al Fujairah
2 – 1
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia