"Al Nasr" "Speciya"dan Agudeloni sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023
BAAning "Al Nasr" klubi "Speciya" yarim himoyachisi Kevin Agudeloni sotib olganini rasman e'lon qildi.

Hamyurtimiz Shomurodov ijarada to'p tepgan "Speciya" klubi Kevinning transferidan 2,5 million evro ishlab oldi. Kolumbiyalik esa yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsum A Seriyada 24 yoshli Agudelo 34 o'yinda maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, "Speciya" mavsum yakunida B Seriyaga tushib ketdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: