RPL. SSKA mehmonda "Akron"dan ustun keldi, Fayzullaev 77-daqiqada o'yinga qo'shildi, Esanov esa zaxirada qoldirildi

Alisher
16 mar 2025
RPL 21-tur doirasidagi "Akron" - SSKA o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar va mehmonlar safida o'ynayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachilar Sherzod Esanov ("Akron") va Abbos Fayzullaev (SSKA) o'yinni zaxiradan boshladi. Moskvaliklar safida o'ynayotgan hamyurtimiz 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi, mezbonlar xavbeki Sherzod Esanov esa zaxirada qoldirildi.

SSKA esa Kirill Glebov va Saul Guararipaning gollari evaziga g'alabaga erishdi, "Akron" esa Vladimir Xubulovning goli bilan cheklandi.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia