AGMK futbolchilari normativ topshirishdi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2018, 13:47
Kecha poytaxtimizdagi "Yoshlik" stadionida AGMK futbolchilari jismoniy tayyorgarlik holati bo'yicha normativ topshirishdi.

O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan 4 yo'nalishda (30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 7x50m va "Yo Yo" test) normativ shartlarini bajarishdi. Shuningdek, darvozabonlar to'pni qo'l hamda oyoq bilan uzoq masofaga etkazish bo'yicha sinovdan o'tkazildi.

Olib borilgan ikki yarim oylik mashg'ulotlar samarasi o'laroq barcha futbolchilar bu normativ shartlarini bajarishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz