Afrika Millatlar kubogi. Ikkinchi finalchi ma'lum

Administrator
15 yanv 2026, 07:00
Nigeriya va Marokash Afrika Millatlar kubogi finali uchun maydonga tushishdi.

Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi va ular g'alaba qozonishdi.

Endi finalda Marokash terma jamoasi Mane boshchiligidagi Senegalga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv 18 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Afrika Millatlar kubogi. Yarim final

Nigeriya - Marokash 0:0
Penaltilar seriyasi - 2:4.
14 yanvar, Rabot.
Nigeriya - Nvabali, Osayi-Samuel, Ajayi, Bessi, Oniemaechi, Onieka (Chukvueze, 120+1), Onidika (Simon, 83), Ivobi, Lukman, Osimhen (Onuachu, 118), Adams (Dele-Bashiru, 98).
Marokash - Bunu, Hakimi, Aguerd, Masina, Mazraui, Al Aynaui, Saybari (Ben-Segir, 108), Al Hannus (Igamane, 84), Dias (Ahomash, 108), Ezzalzuli (An Nosiri, 103), Al Kaabi (Targallin, 84).
Ogohlantirishlar: Bessi (33), Onidika (77).






AdministratorMuallif
Manba: championat.asia