Afena-Gyan "Roma" bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
7 iyul 2022, 18:47
Hujumchi Feliks Afena-Gyan "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi.

19 yoshli ganalik forvard "jallorossi"ga 2021 yilning yanvarida kelib qo'shildi. Uning yangi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

"Shartnomani imzolaganimdan juda ham xursandman, sababi klubga kelganimdan birinchi jamoaga o'tishni maqsad qilgandim va bu amalga oshganda, hayotim keskin o'zgardi", - deydi futbolchi.

Afena-Gyan o'tgan mavsum A Seriya doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru