Abdusamad Do'rmonov: "Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirdik”

Narzulla Saydullayev
15 sen 2020, 21:30
PRO-Liga 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" - “Zomin" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"O'yindan oldin yigitlarga aytgandim, "Zomin" kabi jamoalar bilan qiyin o'yin bo'ladi. Bu jamoada ortiqcha bosim yo'q, o'yinni bemalol tashkil etishadi. Birinchi bo'limda o'zimiz istamagan tarzda ikkita gol o'tkazib yubordik. Tanaffus vaqtida yigitlarga aytdim, shoshilish kerakmas. Birinchi bo'limda jamoamiz a'zolarida shoshilish xolatlari kuzatilib qoldi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni yanada kuchaytirdik, natija ham buni ko'rsatib turibdi.

Otabek Zokirov nega o'ynamadi? Otabekni kecha onasi vafot etdi, shu sababdan bugungi o'yinda qatnasha olmadi. Sekin-astalik bilan jamoamizda futbolchilar maydonga qaytmoqda. 4-5 nafar futbolchimiz jarohatda edi, ikkinchi bo'limda ular maydonga tushib o'yinimizni kuchaytirishdi. Bilasizmi, chempionatda har-xil o'yinlar bo'ladi. Shunga mos ravishda klubda zahira ham bo'lishi kerak" - deydi Abdusamad Do'rmonov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia