Abbos Fayzullaev RPL 24-tur ramziy jamoasidan joy oldi (WhoScored)

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 13:40
WhoScored portali RPL 24-turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi.

Undan O'zbekiston terma jamoasi va SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev ham o'rin oldi. "Lokomotiv" bilan bahsda golli uzatmani amalga oshirgan 20 yoshli futbolchi portal tomonidan 8.1 ballga loyiq ko'rilgan.



Avvalroq Abbos Fayzullaev U-23 Osiyo Kubogida qatnashishi ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WhoScored