Abbos Fayzullaev o'yinidagi pasayish yuzasidan tushuntirish berdi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2025, 16:42
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida yangi poziciya tufayli o'yinida pasayish kuzatilganini aytdi.

Shanba kuni SSKA RPLning 26-turida "Spartak"ni mehmonda mag'lub etdi (2:1). "Armiyachilar" 51 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

– Joriy mavsumni qanday baholagan bo'lardingiz? O'tgan yilgidek yorqin ko'rinmayapsiz...

– Ikkinchi davradagi ko'rsatkichim o'zgargani o'zimga ham sezilyapti. Bu men uchun yangi poziciya, bunda men ko'proq orqaga qaytaman. O'ylaymanki, shu sababli menda biroz o'xshamayapti deb o'ylayman. Biroq eng muhimi, men jamoaga yordam berishni xohlayman. Agar murabbiy meni o'sha erga qo'ysa, men o'sha joyda o'ynab, jamoaga ko'mak berishga harakat qilaman.

– Bu vaziyatni Marko Nikolich bilan muhokama qildingizmi?

– Ular meni o'sha yerda ko'radi va jismoniy holatimni biladi. Qishki yig'inda sinovlar o'tkazgandik va men yaxshi natijalar ko'rsatgandim. Shuning uchun murabbiy meni u erga qo'ydi. U menga qanday o'ynashni o'rgatmoqda.

Fayzullaev joriy mavsum barcha turnirlarda 33 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ