Abbos Fayzullaev jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025
O'zbekiston terma jamoasi va "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi Abbos Fayzullaev Kuvayt bilan bahsda jarohatlandi.

U 21-daqiqada raqib bilan to'qnashib ketdi va oqibatda tizzasidan lat edi. Uning o'rniga uchrashuvni Aziz Turg'unboev davom ettirmoqda.

Fayzullaevning jarohati qanchalik jiddiy ekanligiga tibbiy tekshiruvdan so'ng oydinlik kiritiladi.

"Olimpiya" stadionida davom etayotgan bellashuvda hozircha 2:0 hisobida Fabio Kannavro shogirdlari oldinda bormoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia