A Seriyada yashil formada o'ynash taqiqlanadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021
2022-2023 yilgi mavsumdan boshlab Italiya A Seriyasida yashil formalarda maydonga tushish taqiqlanadi.

Bunga sabab,  A Seriyaning katta televizion korporaciyalar bilan bo'lgan shartnomalaridir. Tomoshabinlar agar futbolchilar yashil kiyimda bo'lsa, bezovta bo'lishlari, shu bilan birga, bu rangdagi formalar translyatsiyalar sifatini tushirib yuborishi ma'lum qilingan.

Ma'lumot uchun, "Sassuolo" klubi shu paytgacha yashil formalarda o'z o'yinlarini o'tkazib kelardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia