A Seriya hamda CVC teletranslyatsiyalar borasida kelishib oldi. Narx - 1,6 mlrd evro

Mirjalol Normatov
14 okt 2020, 13:45
A Seriya rahbariyati "CVC Capital Partners" konsalting kompaniyasi bilan televizion huquqlar borasida kelishib oldi.

"CVC Capital Partners" bu borada ligaga 1,6 mlrd evro taqdim qilishini ma'lum qilgan. Buning evaziga kompaniya A Seriya translyatsiya huquqini sotib oladi va barcha davlatlar ular orqali muloqotga chiqadi.

1,1 mlrd evro avans tarzida o'tkazib berilsa, Qolgan pullar esa yilma-yil o'tkazib beriladi. Bu taklifga A Seriyaning 15 klubi rozilik bergan bo'lsa, qolgan 5 klub qarshiligini bildirgan.

"CVC Capital Partners" 2005 yilda Formula-1 teletranslyatsiya nazorat paketini sotib olib, poygalar seriyasi translyatsiyasini yuqori bosqichga olib chiqqandi. 2016 yilda esa kompaniya akciyalarni sotib yuborib, "Formula One Group" boshqaruvidan chiqib ketgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal