"8+3". Rivaldoning Muborakdagi goli, Zafar Xolmurodov va Xirosima-1994... (11-son)

13 noya 2021, 10:57
Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal "Qizilqum" matbuot kotibi, jurnalist Aziz Nuriy bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Turkmanistonlik Artur Gevorkyan. 

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- Gvardiola boshchiligidagi "Barselona-2011". 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Rivaldoning O'zbekistondagi debyut o'yinida Muborakda "Mashal"- "Bunyodkor" o'yinida Mixail Naumov darvozasiga urgan 2- goli. 


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Besh qo'l barobar bo'lmaganidek, har bir odamni o'ziga yarasha fel atvori bor. AGMK matbuot kotibi Shahboz Beg'amov bo'lsa kerak (kuladi).

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- O'yinlarini ko'rganlarim ichida Zafar Xolmurodov tengsiz edi...

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- Xirosima-1994dagi terma jamoa kuchli bo'lsa kerak hammasidan. 

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Men uchun Artur Gevorkyan.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Oleg Qahhorov - Asror Aliqulov, Valentin Poddubniy, Farruh Sayfiev,  Shuhrat Muhammadiev - Erkin Boydullaev, Ro'ziqul Berdiev, Artur Gevorkyan, Elguja Grigalashvili- Zafar Xolmurodov, Jafar Irismetov.

Murabbiy - Pep Gvardiola.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting.

- O'tkir Hoshimov romanlari va Abdulla Qahhor hikoyalarini o'qishni yaxshi ko'raman.

- Siz uchun baxt nimadan iborat?

- Inson bo'lib yaralashimizning o'zi bir baxt.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Ko'p bo'lgan burilish nuqtalari: tahririyatda ish boshlaganim va ko'plab tanlovlarda g'olib chiqqanim, sevimli jamoam "Nasaf"ga ishga kirganim va klubning ko'plab g'alaba, sovrinlariga guvoh bo'lganim. O'ziga shukr!

"8+3". Puyol, Ronaldinyo va Dragan Cheran - G'ofurov eng yaxshilarni aytdi (10-son)


Manba: championat.asia