"8+3". Katanets - xato tanlov (18-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi matbuot kotibi, jurnalist Omonjon To'xtamirzaev bilan suhbatlashdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.  

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Men kuzatgan futbolchilar orasida eng kuchlisi - Ronaldinyo.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- YCHL 1/8 finalida (2004 yil adashmasam) Ronaldinyo "Chelsi" (Chex) darvozasiga urgan goli.


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Krishtianu Ronaldu (mehnatkashligi evaziga shu darajaga chiqqan deb hisoblayman). 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Xalqaro miqyosda o'lchasak, chinakamiga kuchli murabbiy bo'lmagan. Nazarimda, Katanets ham xato tanlov. 

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Har safar JCHga chiqamiz deb kutadigan muxlislar. Bevosita futbolchilarga kelsak - Odil Ahmedov. Menimcha, umumiy faoliyati inobatga olinsa, u ko'prog'iga loyiq edi. 

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Tashkiliy masalalarga hozirgidan chuqurroq qarash zarur. Deyarli hammamiz osongina futbolchilarni aybdorga chiqarishga o'rganib qolgandekmiz. Lekin maydon tashqarisidagi ishlar ham ancha muhim. 

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- Vaziyat taqozosi tufayli oxirgi marta stadiondan o'yinni kuzatganimga yarim yildan ko'proq bo'libdi.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

Iker Kasilyas, Filipp Lam, Karles Puyol, Serxio Ramos, Gari Nevill, Zinedin Zidan, Kazemiro, Toni Kroos, Ronaldinyo, Krishtianu Ronaldu, Fernando Torres.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Kimnidir to'g'ridan-to'g'ri ko'chirish kerak emas, imkon qadar yaxshi hislatlarni ko'paytirish kerak. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Yoqmagan tarafim - vaqtimdan maksimal ravishda unumli foydalanmayapman, menimcha. Kamchiliklarim borasida yaqinlarim, atrofimlagilardan so'rash to'g'riroq bo'lsa kerak.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Umid qilamanki, chinakamiga burilish nuqtasi deyishga arziydigan vaziyat, voqea endi (kelajakda) amalga oshadi. 

"8+3". O'zbekiston MTJni boshqargan eng kuchli murabbiy - Bob Xougton (17-son)


Manba: championat.asia