37 yoshli Kuadradoning yangi klubi ma'lum

Alisher Ostonov
2 avg 2025
Xuan Kuadrado "Piza" futbolchisiga aylanadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, 37 yoshli himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

U "Atalanta" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Piza" A Seriyada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Kuadrado "Atalanta"da bir mavsum o'tkazdi. U Italiya chempionatida 23 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com