30 dekabr - OCHL 2 qur'asi

Alisher Ostonov
28 dek 2025, 21:37
Osiyo chempionlar Ligasi 2da guruh uchrashuvlari o'z yakuniga yetib, keyingi bosqichga chiqqan jamoalar ma'lum bo'ldi.

Shunday qilib G'arb mintaqasidan 8ta klub keyingi bosqichga yo'l oldi: "Al Vasl" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Ahli" (Qatar), "Arkadag'" (Turkmaniston), "Al Husseyn" (Iordaniya), "Sepaxan" (Eron), "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) va "Al Zavraa" (Iroq). Sharq mintaqasidan ham 8ta jamoa keyingi bosqichga chiqdi.

OFK rasmiy saytining ma'lum qilishicha, 30 dekabr kuni pley-off bosqich uchun qur'a marosimi bo'lib o'tadi. Qur'adan oldin jamoalar guruhdan chiqqaniga qarab savatchalarga ajratilgan.


1-savat: "Al Vasl" (BAA), "Al Ahli" (Qatar), "Al Husseyn" (Iordaniya), "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni).

2-savat: "Istiqlol" (Eron), "Arkadag'" (Turkmaniston), "Sepaxan" (Eron), "Al Zavraa" (Iroq).


1-savat: "Makartur" (Avstraliya), "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Persib Bandung" (Hindiston), "Tampines Rovers" (Singapur).

2-savat: An Xa Noy (Vetnam), "Ratchaburi" (Tailand), "Bangkok Yunayted" (Tailand), "Poxang Stilers" (Janubiy Koreya).


Qur'a tartibiga ko'ra, bir guruhda raqib bo'lgan jamoalar keyingi bosqichda bir-biriga tushmaydi. Uy-mehmon tarzida o'tadigan musobaqaning keyingi o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:


1/8 final. 10-11 va 17-18 fevral 

1/4 final. 3-4 va 10-11 mart

1/2 final. 7 va 14 aprel

Final. 16 may


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia