2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" 1:1

Narzulla Saydullayev
25 apr 2020, 16:06
Bugundan boshlab 2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etib boramiz.

O'tgan yilgi Superliganing dastlabki turida muxlislar vodiy derbisiga guvohi bo'lishgandi. Biroq ikkala jamoaning uy stadioni ta'mirlanayotgani bois uchrashuv Toshkentda o'tgan. Bugungi kunda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshqarib borgan bahs derbiga xos tarzda o'tgan. 

22-daqiqada Oston O'runovning ajoyib zarbasi bilan "Navbahor" hisobda oldinga chiqib oladi. Bunga qo'qonliklar ikkinchi taymda Shahboz Erkinovning aniq zarbasi bilan javob berishadi - 1:1.


"NAVBAHOR" - "QO'QON-1912" - 1:1 (1:0)
11.03.2019. 1-tur. Toshkent. TTYMI stadioni. 3280 tomoshabin.
Hakamlar:
R.Ermatov, T.Galeev, A.Sidorov, R.Lutfullin.
Nazoratchi: M.Ismoilov
Gollar:
1:0 - O'runov Oston (Solovyov Ivan), 22
1:1 - Erkinov Shahboz, 68
"NAVBAHOR": Yusupov O'tkir; O'runov Oston; Ahmedov Azimjon; Solovyov Ivan (Shaymanov Shahzod, 46); Jo'raboev Obid; G'ofurov Mirzohid; Golban Igor; Isroilov Abdujamol (Ibragimov Aziz, 84); Mehmonov Jahongir; G'ulomov Abbos (Tagaev Elman, 59); Kasyan Aleksandr.
"QO'QON-1912": Knejevich Boyan; Ro'ziev Quvondiq (Hasanov Muhammadanas, 81); Esonqulov Javohir; Rustamov Oybek; Hasanov Jasur D.; Berdiev Suhrob (Nikolich Milosh, 72); Malikjanov Iqbol (Hasanov Jamshid, 64); Erkinov Shahboz; Merzlyakov Aleksandr; Milich Marko; Xolmuhammedov Murod.
Ogohlantirishlar: Erkinov Shahboz, 48; G'ulomov Abbos, 56; Ro'ziev Quvondiq, 75; Isroilov Abdujamol, 76; Esonqulov Javohir, 90+4.



Video sportstat.uz saytidan olindi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia